85 yoşli Rossiya xalq artisti Mixail Svetin yakşanba, 30 avgust kuni tongda Gatçin tuman markaziy şifoxonasida hayotdan köz yumdi, deya xabar berdi tuman ma'muriyati matbuot xizmati.

Nikolay Akimov nomidagi Sankt-Peterburg akademik komediya teatri badiiy rahbari Tatyana Kazakovaning “Govorit Moskva” radiosiga ma'lum qilişiça, Svetin bilan xayrlaşuv marosimi 2 sentabr kuni bölib ötadi.

Mixail Svetin 23 avgust kuni zudlik bilan şifoxonaga yotqizilgan edi. Ma'lumotlarga köra, unga gemmoragik insult taşhisi qöyilgan. 24 avgustda uning ahvoli oğir ekani ma'lum qilingan.

Mixail Svetin sönggi vaqtlarga qadar Nikolay Akimov nomidagi Sankt-Peterburg akademik komediya teatrida faoliyat olib borgan.
U Georgiy Daneliyning “Afonya”, Leonid Gaydayning “Bölişi mumkin emas!”, Mark Zaxarovning “12 stul” filmlari bilan tanilgan. Hammasi bölib 100dan ziyod filmlarda rol ijro etgan.