Norvegiyalik bloger Indiegogo da öziga xos kampaniya taşkillaştirdi. Bundan maqsad suriyalik qoçoqlarga yordam qilişdir. Uning bu fikrga kelişiga xuddi şunday suriyalikning qölida qizini kötarib olgan holda Livan köçalarida ruçka sotib yurgan holatidagi surati sabab böldi. Xalqaro OAVlarning bunga ahamiyat qaratişi natijasida bir kunda öylangandan ön karra köp — 60 ming dollar miqdorida mablağ yiğildi.


Abdul (çapda) qizi Rim va öğli Abdulill bilan

Suriyalik qoçoq atrofidagi gap-sözlar 25 avgust kuni, norvegiyalik bloger Gissur Simonarson (Gissur Simonarson) özining mikroblogida suriyalik qoçoq erkakni Livanning Bayrut köçalarida qidirib yurgani haqidagi xabarni e'lon qilgaç paydo böldi. Notaniş erkak bir qölida qizini kötarib olgança, yana bir qölida ruçkalar bilan şahar kezib yurgan.
Simonarson bir neçta blogerlar kömagida Livandagi suriyalik qoçoqlarga kömak beruvçi taşkilot vakilasi Kerol Maluf (Carol Malouf) bilan tanişib qoldi. Uning yordamida notaniş qoçoq erkakning kimligi aniqlandi. Uning ismi Abdul bölib, yarim suriyalik, yarim falastinlik ekan. U bundan oldin yuzlab qoçoqlar istiqomat qiladigan Yarmukdagi lagerda yaşagan ekan.
2011 yildan beri Suriyada davom etib kelayotgan fuqarolar uruşi tufayli Abdul u yerdan muntazam iş topa olmagan. Uning qizi Rimning yoşi 4,5 da, öğlining yoşi esa 9 da. Hozirga qadar Maluf uning oilasidan xabar olib turadi.


Simonarsonning NBC News ga bergan izohiga quloq osadigan bölsak jamoatçilikning nazariga tuşiş qoçoqni qörqitib yuborgan va uni topiş ança muşkullaşgan.
U juda ham qörqib ketgan, çunki odamlar kelib u bilan gaplaşişga urinişgan. Şu bois u e'tiborni çalğitiş maqsadida turli joylarda yurgan. Uni qidirib topişga ança vaqt ketgan. Kimdir biz u bilan boğlana olişimiz qulay bölsin uçun unga qöl telefoni sovğa qilgan.


Gissur Simonarson, Norvegiyalik bloger

27 avgust kuni norvegiyalik bloger ajoyib bir kampaniya taşkil etdi. Indiegogo da qöyilgan va “Buy pens” (“Ruçka sotib oling”) deb nomlangan xayriya işidan maqsad Abdul va uning oilasi uçun 5 ming dollarga yaqin mablağ yiğiş va uni qoçoq oilasiga moddiy yordam sifatida taqdim etişdan iborat bölgan.
28 avgust kuni 58 ming dollar yiğilganidan söng, Simonarson Indiegogo foydalanuvçilarining neçoğlik fidoyi ekanliklarini e'lon qildi. Reytingda AQŞ va Buyuk Britaniya birinçi örinda (ğarbdagi e'tirof yuzasidan) uçinçi va törtinçi örinni BAA va Saudiya Arabistoni egalladi.


Blogerning sözlariga qaraganda, YUNISEF allaqaçon bu oilaga pul jönatgan, ammo uni Abdulga töğridan-töğri olib boriş öta xavfli. “Balki unga har oy davomida tösiqlarsiz pul yetkazib beradigan biror-bir fond joriy qilinişi kerakdir. Men bunday muvaffaqiyatga erişaman deb sira öylamagandim”, — deydi Simonarson kampaniya muvaffaqiyati haqda gapirar ekan.
Suriyalik qoçoqlarga internet orqali köplab yordam berişadi. 20 avgust kuni Avstriyaning iTunes top çarti ham xuddi şunday aksiya uyuştirgandi.

Manba: Xabardor.uz