Turkiyaning janubi-şarqida kurd isyonçilari va turk huquq-tartibot muassasalari xodimlari örtasidagi töqnaşuvlarda kamida 5 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Turkiya hukumatining ma'lum qilişiça, isyonçilar hukumat binolariga xujum qilganlar. Isyonçilar dastaki tankka qarşi granatomyotlardan foydalanganlar. Snaryadlarning portlaşi oqibatida ikki nafar isyonçi va bir nafar politsiyaçi halok böldi.
Şifoxona oldida sodir bölgan yana bir hujumdagi otişmada ikki politsiyaçi halok böldi. Bundan taşqari, 24 nafar odam avtobus portlaşi oqibatida jabr kördi.






