Venesuelada 80 yoşli pensioner ayol kam ta'minlangan kişilar uçun oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilayotgan dökon oldida yuz bergan tiqilinç va tartibsizlik paytida halok böldi. Bu haqda The Guardian naşrida yozilgan.
Aniqlik kiritilişiça, bu voqea mamlakatning marhum prezidenti Ugo Çavesning ona yurti bölmiş Sabaneta şahrida sodir bölgan. Oxirgi vaqtlarda bu şaharda oğğir iqtisodiy vaziyat hukm surmoqda va oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelgan.
Muxolif demokratlar ittifoqi koalitsiyasi ma'lumotlariga köra, uşbu tartibsizlik vaqtida jami 75 kişi jabrlangan. Jarohatlanganlar orasida politsiya vakillari ham borligi aytilgan.
Davlat magazini qarşisida 5 ming kişi iştirokida tartibsizlik yuzaga kelgaç, vaziyatni nazorat qilişi uçun politsiya işga solingan, lekin bu qaror aks ta'sir körsatgan. Politsiya aholini tarqatiş uçun közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllagan.






