Moskva Suriyadagi vaziyatni tartibga soliş böyiça xalqaro diplomatiya markaziga aylanmoqda, deb yozmoqda Washington Times naşri.

28 avgust kuni Moskvada AQŞning Suriya böyiça maxsus vakili Maykl Ratni va rossiyalik diplomatlar bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv natijalariga köra AQŞ Davlat departamenti qaraşlardagi tavofutlarga qaramasdan, Moskva bilan Suriya masalasi böyiça hamkorlikni davom ettirişga umid bildirişini ma'lum qildi.

Washington Times naşri Vaşington “Moskva Suriya bilan boğliq barça masalalarni hal qilişda markaziy öyinçi bölişiga” könikayotgani haqida xulosa çiqarmoqda. Kreml buning uçun barça faol diplomatik sa'y-harakatlarni amalga oşirmoqda, deb ta'kidlamoqda naşr.

Oxirgi mahal Moskvaga Yaqin Şarq davlatlaridan bir qator rasmiy şaxslar, şu jumladan Suriya muxolifatining vakillari ham taşrif buyurdilar. Yaqinda Iordaniya qiroli Abdulloh II Putin bilan uçraşuvi çoğida Rossiyaning tutgan örni “qarama-qarşi tomonlarning muzokaralar stoli atrofida yaqinlaşişi uçun hayotiy zarurat ekanligini” ta'kidlab ötgan edi.

Şu bilan birga Rossiyada Suriyada tartib örnatiş böyiça öz munosabatini himoya qiliş uçun barça imkoniyatlar mavjud, deb yozmoqda naşr. Naşrning fikriça, bu Moskvaning Başar Asad tartibining tarafdori – Eron bilan işonçli muzokaraçi sifatida mustahkamlanib borayotgan nufuzi bilan boğliq bölmoqda.