1 sentabr kuni Özbekiston mustaqilligining 24 yilligi kunida Toşkent şahridagi xususiy kompaniyalardan biri öz yönalişlaridan biri poytaxt aholisi uçun bepul xizmat körsatişini ma'lum qildi.

Aniqlik kiritilişiça, şu kuni Ibn Sino massividan Oloy bozoriga qatnaydigan 38 raqamli marşrutkadan aholi tekinga foydalanişi mumkin böladi. Bu yönalişda qatnovçi transport vositalari Navarot TAXI korxonasiga tegişli hisoblanadi.

Feysbuk ijtimoiy tarmoğidagi «Voditeli Taşkenta» guruhi a'zolari korxonaning bu taşabbusini qizğin ravişda qöllab-quvvatlaşgan.