Italiya A seriyasining 2-turida “Roma” öz maydoni – “Olimpiko” stadionida amaldagi çempion “Yuventus” ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Turinliklar joriy çempionat ilk öyinlarida ketma-ket ikkinçi bor mağlubiyatga uçraşdi.
Uçraşuvning 61-daqiqasida rimliklar öyinçisi Miralem Pyaniç hisobni oçdi. 2-bölimning örtasida turinliklarning zaxira darvozaboni qizil kartoçka oldi. 78-daqiqada “Yuve” 10 kişi bölib qoldi: maydondan Patris Evra çiqarib yuborildi. Şundan bir daqiqa ötib, Edin Jyeko rimliklarning ustunligini 2 ta töpga yetkazib qöydi. Asosiy vaqt tugaşi arafasida Paulo Dibala bir töpga farqni qisqartirişga muvaffaq böldi.
“Yuventus” birinçi marta Italiya çempionatining 74 yillik tarixida çempionatning ketma-ket ilk ikkita uçraşuvini yutqazdi.
”Roma” musobaqa jadvalida 4 oçko bilan 2-örinni, hali birorta oçko yiğa olmagan “Yuventus” 18-örindan joy oldi.
Italiya. A seriyasi. 2-tur
Roma – Yuventus – 2:1
Gollar: Pyaniç, 61 (1:0); Jyeko, 79 (2:0); Dibala, 87 (2:1).
Çetlatiş: Rubino, 66; Evra, 78 (Yuventus)
Turning qolgan uçraşuvlari quyidagiça yakunlandi:
Milan - Empoli 2:1
Gollar: Bakka, 17, Luis Adriano, 69 — Saponara, 20
Torino – Fiorentina – 3:1
Gollar: Alonso, 10 (0:1); Moretti, 67 (1:1); Kvalyarella, 69 (2:1); Bazelli, 77 (3:1).
Bolonya — Sassuolo 0:1
Gol: Floro Flores, 86
Napoli — Sampdoriya 2:2
Gollar: Iguain, 9, 39 — Eder, 58, 60
Karpi (Karpi) – Inter (Milan) – 1:2
Gollar: Yovetiç, 31 (0:1); Di Gaudio, 81 (1:1); Yovetiç, 89 (1:2, pen).
Djyenoa (Genuya) – Verona (Verona) – 2:0
Gollar: Pavoletti, 57 (1:0); Gakpe, 76 (2:0).
Atalanta (Bergamo) – Frozinone (Frozinone) – 2:0
Gollar: Stendardo, 21 (1:0); Gomes, 69 (2:0).
Urilmagan penalti: Pinilya, 9 (Atalanta)
Udineze (Udine) – Palermo (Palermo) – 0:1
Gol: Rigoni, 8 (0:1).






