Fransiya tomoni Rossiyaga «Mistral» vertolyot taşiş kemalarini yetkazib beriş haqidagi şartnoma buzilgani uçun tölanişi lozim bölgan 1 mlrd yevrodan ziyod tovon puli Rossiya banklari hisobiga ötkazildi. Uşbu mablağ Rossiya kemalar uçun avvaldan tölagan bönak, ekipaj a'zolarining malaka oşişi hamda Uzoq Şarqda yaratilgan infratuzilmalar uçun sarflangan xarajatlarni öz içiga oladi.
Fransiya vertolyot taşiş kemalarini boşqa xaridorlarga sotiş huquqiga esa 2015 yil kuz oxirlarida, Rossiyaga mamlakat hududida işlab çiqarilgan harbiy qurilmalar qaytarilganidan söng ega bölişi mumkin.
Qayd etilişiça, Rossiya tomoni vakillari «Mistral» vertolyot taşiş kemalari masalasini töliq hal qilingan, deb hisoblaydi.






