Ispaniya Primerasining 2-turida “Atletiko” mehmonda “Sevilya”ni 0:3 hisobida mağlub etdi. “Matrasçilar” 35-daqiqada Kokening aniq zarbasi evaziga hisobni oçişdi. 79-daqiqada Gabi 2-töpni kiritdi. 3-töpni 85-daqiqada Jyekson Martines kiritdi. Martines “Atletiko” safida özining birinçi töpini kiritdi.

“Atletiko” 6 oçko töplagan holda musobaqa jadvalining 3-örinidan joy oldi. Ikkita dastlabki öyinda 1 oçko töplagan “Sevilya” 11-örinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi. 2- tur

Sevilya – Atletiko M – 0:3
Gollar: Koke, 35 (0:1); Gabi, 78 (0:2); Martines, 85 (0:3).

Turning yana bir uçraşuvida “Valensiya” “Deportivo” bilan 1:1 hisobida durrang natija qayd qildi. 39-daqiqada mehmonlar Lukas Peresning töpi hisobiga oldinga çiqib oldilar. “Körşapalaklar” 45-daqiqada Alvaro Negredo yordamida hisobni tenglaştirişdi. “Valensiya” uçraşuvni 10 kişi bölib tuşatişga majbur böldi: 84-daqiqada Antonio Barragan ikkinçi sariq kartoçkasi uçun öyindan çetlatildi.

“Valensiya” va "Deportivo" 2 ta durrang natija qayd qilgan holda çempionat jadvalining mos ravişda 9- va 10-örinidan joy olmoqdalar.

Valensiya – Deportivo – 1:1
Gollar: Peres, 39 (0:1); Negredo, 45 (1:1).
Çetlatiş: Barragan, 84 (Valensiya)

Turning qolgan uçraşuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Eybar – Atletik – 2:0
Gollar: Saul, 34 (1:0, pen); Adrian Gonsales, 61 (2:0).

Las-Palmas – Levante – 0:0

Xetafe – Granada – 1:2
Gollar: Al-Arabiy, 26 (0:1, pen); Saksess, 29 (0:2); Lafita, 80 (1:2).

Vilyarreal – Espanol 3:1
Gollar: Kaysedo, 6 (0:1), Soldado, 67 (1:1), Bakambu, 88 (2:1), 90+4 (3:0)