12 avgust kuni Xitoyning Tyantszin şahridagi xavfli kimyoviy moddalar omborxonasida röy bergan portlaş qurbonlari soni 150 nafarga yetdi, yana 23 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda qutqaruv operatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdim etilgan ma'lumotga köra, barça jasad egalarining şaxsi aniqlangan. Mahalliy hukumatning xabar berişiça, halok bölganlarning 92 nafari öt öçiruvçilar, 10 nafari esa politsiyaçilardir. Yana 12 nafar öt öçiruvçi, bir politsiyaçi hamda 10 nafar boşqa şaxslar bedarak yöqolganlar röyxatida.
Fojyea natijasida 800 nafar atrofidagi kişi jarohat oldi, ularning 367 nafari hamon şifoxonalarda davolanayapti. 20 kişining ahvoli oğirligiça qolmoqda. 431 kişi esa davo çoralarini olganidan söng tibbiyot muassasalaridan çiqarilgan.
Portlaş 2015 yil 12 avgust kuni “Juyxay” logistika kompaniyasi omborxonasida röy bergan edi. Tölqin zarbidan 2 km radiusdagi binolarning oynalari sinib, 10 mingga yaqin avtomobil yonib ketgan.
Kuçi 3 tonna trotil ekvivalentiga baholangan portlaşdan keyin voqea joyida kuçli yonğin çiqqan. Şundan keyin omborxonada yana bir neçta portlaşlar yuz bergan, ulardan eng kuçlisining quvvati 21 tonna trotil portlaşiga teng bölgan.






