Yaponiyaning Toyobo kompaniyasi insonning pulslarini ölçaydigan va boşqa fiziologik körsatkiçlarni tekşiradigan material işlab çiqdi. Bu haqda mahalliy matbuot orqali xabar qilindi.

“Kokomi” nomini olgan material taşqi tomondan audioplyonkaga öxşaydi. U futbolkaning içki qismiga joylaşib, terining impulslarini qabul qiladi. Kiyimga joylaştiradigan datçik esa axborotni smartfon yoki boşqa uskunaga uzatadi.
Kompaniya rasmiylarining ma'lum qilişiça, uşbu innovatsion material yordamida yurak pulsi, nafas oliş çastotasi va boşqa ma'lumotlarni kuzatib boriş mumkin. Uni sport va soğliqni tiklaş tibbiyotida qöllaş mumkin böladi.