Border-kolli zotiga mansub it AQŞ prezidentligi uçun kuraşişni istamoqda, deya xabar tarqatdi The Associated Press agentligi.

Ayni paytla Lyusi Lu laqabli it Kentukki ştatidagi 135 kişi istiqomat qiluvçi Rebbit-Xeş aholi punktining meri lavozimida “işlaydi”. Mazkur mansab kursisiga Lyusi Lu 2008 yildan buyon “ter tökib keladi”.

Merning xöjayini Bobbi Keyzerning aytişiça, prezidentlik uçun kuraş haqida Lyusi Lu şanba, 5 sentabr kuni rasman elon qiladi. Yangi kampaniya sababli u öz lavozimini tark etadi. Hozirça Lyusi Luning qaysi partiyadan nomzodini ilgari surişi noma'lum.

Şu vaqtga qadar San-Frantsisko şahriga kuçuk mer sifatida saylangan bölsa, yana bir şahar yetakçiligi uçun çöçqa kuraş olib borgan edi.