Fransiyaning "Nant" jamoasi özining senegallik futbolçisi Papi Jilobojini Londonning "Çelsi" jamoasiga transfer qilgani haqida xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, bu himoyaçi londonliklar bilan 4 yillik şartnoma imzolagan.
2013 yildan buyon nantliklar şarafini himoya qilib kelgan bu 26 yoşli futbolçi Fransiya çempionatida "Nant" safida 59 öyin ötkazgan va 3ta golga mualliflik qilgandi.
Qayd etiş joizki, "Çelsi" jamoasi yangi mavsumni aynan himoyadagi kamçiliklar, Terri va Ivanoviçning yaxşi sport formasida emasligi tufayli muvaffaqiyatsiz boşladi. Ayni paytda jamoa 4 turdan keyin 4 oçko töplagan holda turnir jadvalida 14 örinda turibdi.






