Yozgi transferlar davomida eng köp şov-şuvlarga sabab bölgan David de Xeaning "MYu"dan "Real"ga ötiş masalasi yakunda muvaffaqiyatsiz ravişda amalga oşdi.
Naşrlarda yozilişiça, "Mançester Yunayted" futbolçini transfer qilişda FIFA TMS tizimi böyiça barça majburiyatlarini öz vaqtida bajargan. Lekin "Real" darvozabonni La Liga qaydnomasidan ötkazişga ulgurmagan.
Natijada, David de Xeaning transfer huquqi "Real"ga ötgan, ammo madridliklar uni qişki transferlardan keyingina Ispaniya çempionati öyinlariga tuşirişi mumkin böladi.
Ispaniyadagi As naşri bunda "Mançester Yunayted"ni ayblab çiqqan bölsa (faks öz vaqtida La ligaga yuborilmagan), ingliz matbuoti transferni sönggi kungaça çözib kelgan "Real"ni aybdor qilmoqda.
Bundan oldinroq, “Real” De Xeaga 25 mln yevro tölaşi va qöşimça sifatida Navasni berişi xabar qilingandi.






