Koreya Respublikasi va KXDR ötgan hafta Pxanmunjomda bölib ötgan keskinlikni yumşatişga bağişlangan kelişuv şartlariga rioya qilgan holda tinçlik va birlaşiş tomon harakatni boşlaşi mumkin. Bu haqda seşanba, 1 sentabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe ma'lum qildi.
“Agarda qiyinçilik bilan erişilgan kelişuv muvaffaqiyatli amalga oşsa, tomonlar hamkorlik, tinçlik va birlaşiş sari olğa qadam taşlaşni boşlaşi mumkin”, – dedi prezident vazirlar mahkamasi yiğilişida. Koreya Respublikasi yetakçisi ikki mamlakat 1950-1953 yillardagi uruş vaqtida ajralib ketgan oilalar qarindoşlari uçraşuvining muvaffaqiyatli tarzda taşkil etilişiga umid bildirdi. Uçraşuvni taşkil etiş borasida muzokaralar 7 sentabr kuni bölib ötişi rejalaştirilgan. Uning özi esa 27 sentabr — koreys xalqi hosil bayrami va ajdodlarni yod oliş Çusok marosimini ötkazadigan sanada taşkil etilişi belgilangan.






