Jizzaxda haydovçilar örtasida “yöl bermaslik” tufayli muştlaşuv kelib çiqdi. Bu haqda “Na postu” naşri yozmoqda.

Aytilişiça, aka-uka Emin va Amin “Jiguli” maşinasida MAN yuk taşuvçi maşinasini quvib ötişgan. Quvib ötiş tor joyda amalga oşgani uçun bu yuk maşinasi haydovçisiga qiyinçilik tuğdirgan.
Yuk maşinasi haydovçisining norozi qiyofasini körgan Emin ukasiga maşinani töxtatişni buyurib, yuk maşinasining haydovçisi va uning yordamçisi bilan dahanaki jangga kirişib ketgan.

Aka-ukalar ularni “yöl bermaslik”da ayblagan.
Oğzaki janjal muştlaşuvga ötib ketgan. Buning natijasida aka-ukalar voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari tomonidan qölga olinib, javobgarlikka tortilgan.