Ukrainada Oliy Rada binosi oldida ötgan namoyişga kelgan odamlarning bir qismi futbolka va pullar evaziga kelgani aytilmoqda. Bu haqda “5 kanal” videosyujyetiga iqtibos keltirgan holda “Ukrainskaya pravda” naşri xabar bergan.
Oligarx Igor Kolomoyskiyning “Ukrop” partiyasi bayroğini kötarib olgan oq futbolkadagi ayol mitingga nima uçun kelganini hattoki bilmasligini aytgan.
Oddiy kiyimdagi boşqa bir ayol esa “desentralizatsiya” sözini töğri talaffuz qila olmay, mitingga soatiga 50 grivna haq uçun kelganini aytgan.
Videoda, şuningdek, namoyişçilarga taşkilotçilar tomonidan 50 grivnalik pullar berilayotgani lavhalari aks etgan.
Namoyiş davomida tartibsizliklar çiqqan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, 100 ga yaqin odam yaralangan.
Milliy gvardiyaning kamida bir nafar jangçisi halok bölgani ma'lum qilingan.






