Yuzlab qoçqinlar Venaga poyezdlarda kelmoqda, deb ma'lum qilmoqda Reuters. axborot agentligi.

Muhojirlarni politsiya va odamlarga suv tarqatayotgan köngillilar kutib olmoqda. Vena politsiyasi hozirça qoçqinlarning aniq sonini aytmayapti, biroq qoçqin maqomini oliş uçun ariza bermagan va buni Avstriyada qilmoqçi bölganlar bunday imkoniyatga ega bölişlari ma'lum qilinmoqda. Şengen vizasi bölmaganlar Vengriyaga qaytarib yuboriladi.

Bundan avval muhojirlar va boşqa yölovçilar bilan tölib-toşgan poyezd Vengriya-Avstriya çegarasida bir neça soat töxtatib turilgandan keyin yana yölida davom etgani ma'lum qilingan edi. Bunga “Avstriya temir yöllari” Budapeştdan kelayotgan liq töla poyezdlar haddan ziyod tölib-toşib ketgani xavfli bölişi mumkinligi nuqtai nazaridan ularni ötkazişdan boş tortgani sabab bölgan edi.