“Transaero” aviakompaniyasi 75 foizlik aksiyalar paketi “Aeroflot” tomonidan sotib olinganini tasdiqladi. Bu haqda kompaniya matbuot bayonotida ma'lum qilindi.

“Hukumatda boş vazirning birinçi örinbosari I.I.Şuvalov raisligida aviatransport tarmoği masalalariga bağişlangan boşqarmalararo komissiya yiğilişi bölib ötdi. Fuqarolik aviatsiyasining yanada rivojlanişi va dunyoda yirik aviatransport guruhini yaratiş maqsadida “Transaero” aviatsion kompaniyasi” OAJni “Aeroflot”ga birlaştirilişi qöllab-quvvatlandi”, deb aytilmoqda xabarda.

“Transaero” 75 foiz aksiyasi “Aeroflot”ga sotilganini tasdiqladi

“Transaero” aksionerlari bu kelişuv yölovçilar, aviakompaniya xodimlari va hamkorlari manfaatlariga töğri kelişiga umid bildirmoqdalar.

Ma'lum qilinişiça, kompaniyalar birdaniga emas, balki bir yil davomida sekin-asta qöşiladi. Hukumat bunda “Aeroflot”ga qöyadigan asosiy talabi – kompaniya “Transaero”da çiptalar qanday narxda sotilganiga qaramasdan, uning yölovçilarini taşiş böyiça barça majburiyatlarni töliq bajarişi kerak.