Qozoğiston fuqarolik pasportiga Nazarboyevning mustaqillik haqidagi sözlaridan iqtibos kiritiladi. Bu haqda mamlakat parlamenti deputati Rahmat Muqaşev ma'lumot berdi.
“Şaxsni taqdiqlovçi hujjatlar töğrisida”gi qonunga kiritilgan qöşimça fuqarolik pasportiga birinçi prezident, millat yetakçisining mustaqillik haqidagi sözlarini kiritişni, şuningdek, Qozoğiston fuqaroligiga qabul qilinişi munosabati bilan pasport oliş çoğida fuqarolik qasamyodini qabul qilişni nazarda tutadi”, - uning sözlarini keltiradi Qozoğiston telegraf agentligi.
Şuningdek, özgartiş va qöşimçalardan közlangan asosiy maqsadlardan biri “Mangulik el” milliy vatanparvarlik ğoyasining asosiy holatlarini siyosatda aks ettiriş ekanligi qayd qilib ötildi.






