Qozoğistonda 250 nafardan ziyod kişi istiqomat qiluvçi barça qişloqlar yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlanadi. Bu haqda Investitsiyalar va taraqqiyot vaziri örinbosari Saken Sarsenov ma'lum qildi.
“Mamlakatimiz hududi juda ulkan, biroq aholisi ziç emas. Ayniqsa qişloq aholi punktlarida internet tezligi bilan boğliq muammolar mavjud. Ayni paytda hukumat 5-6 yil içida 250 nafardan ziyod fuqaro yaşaydigan qişloqlarni optik tolali aloqa bilan ta'minlaş loyihasini qabul qildi”, – dedi vazir örinbosari Ijtimoiy ta'minotda informatsion-kommunikatsiya texnologiyalar xalqaro konferensiyasi çoğida.
Uning ta'kidlaşiça, mamlakat aholisining 70 foizdan ziyodi internetga ulaniş imkoniga ega. Qozoğiston elektron hukumatni joriy etişda 193 mamlakat içida 28-örinni egallaydi. Respublikaning tarmoq tayyorgarligi böyiça dunyo iqtisodiy forumida esa 143 davlat içida 38-bölib qayd etilgan.






