Avgust oyida Salvadorda zöravonlik eng yuqori çöqqiga kötarildi. Milliy politsiya rahbari Maurisio Ramires Landaverdening ma'lum qilişiça, ötgan oyda 900 nafardan ziyod fuqaro qotillik qurboni bölgan. Ayrim başoratlarga köra, 2015 yil hisobidan mamlakatning 6,3 million fuqarosidan 6 mingdan ziyodi zöravonlik qurboniga aylanişi mumkin.

“Bu juda oğir oy böldi. 907 marta qasddan qotillik sodir etilgan. Mazkur jinoyatlarning 10 foizida bolalar qotillar qurboniga aylangan”, – dedi Landaverde.

Uning qayd etişiça, halok bölganlarning aksariyat qismi, şu jumladan, voyaga yetmaganlar köçadagi turli jinoiy tödalar tomonidan öldirib ketilgan. Adliya vaziri Benoto Laraning ta'kidlaşiça, avgust oyida qotilliklarning avj olişiga asosan jinoiy tödalar örtasidagi özaro töqnaşuvlar hamda ularga qarşi huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan olib borilgan amaliyotlar sabab bölgan.

Ma'lumotlarga köra, Salvadorda jinoiy tödalar a'zolari 70-75 ming nafarni taşkil etadi. Mamlakat qurolli kuçlari soni esa ulardan bor-yöği ikki barobarga ortiq. U yerdagi “Mara Salvatruça” hamda “Barrio 18” jinoiy tödalari nafaqat Salvador hududida, balki Markaziy Amerikaning boşqa mamlakatlarida ham ta'sir kuçiga ega.

Avgust oyi söngida Yuqori sud tomonidan “terroristik tödalar” deya e'lon qilgan jinoiy uyuşmalar harakati tufayli köplab salvadorliklar öz uyini taşlab, hattoki mamlakatni tark etişga majbur bölmoqda. Birgina 2014 yilda 280 ming kişi jinoyatçilik va bosqinçilik ösib ketgani sababli boşqa davlatlarga köçib ketgan.