Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov kuni-keça Oliy rada binosi oldida sodir bölgan Kiyevdagi voqealarga izoh berib ötdi. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi ma'lum qildi. 

Lavrov bilimlar kuni an'anaviy ravişda Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti talabalari va öqituvçilari tarkibi oldida nutq sözladi.
Vazirning aytişiça, 2012 yilda Ukrainaning “Svoboda” partiyasi özining nizomida millatçilarga sodiqligini körsatgan edi, bu yevropalik siyosatçilarni taşvişlantirgan.

“Heç kim Yevropa Ittifoqining bunday munosabati bölganini inkor etmaydi. Biroq Fransiya taşqi işlar vaziri “barçasi joyida”, “Svoboda” siyosiy köpçilik yölida harakatlayotganini aytgan. Mana keça u “köpçilikni” körsatdi. Esktremistlar bilan heç qayerda öynaşib bölmaydi”, deb aytdi Lavrov.

Lavrov radikal ukrain harakatlarining xatti-harakatlarini “IŞID” terrorçilik guruhining paydo bölayotganidagi harakatlariga qiyosladi.