Turkiya moliya vaziri Nixat Zeybekçi mamlakatda maxsus sayyohlik zonalari taşkil etilişi rejalaştirilayotganini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, bu hududlarga xorijga çiqiş pasportlarisiz kelişlari mumkin, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Yanada aniqroq aytganda, uşbu zonalarga kirişga Turkiya hududiga taşrif buyuriş sifatida qaralmaydi. Bu esa sayyohlarni çegara nazorati va bojxona köriklaridan ötiş zaruriyatidan xalos etadi. Şu bilan birga, xorijlik sayyohlarni köproq jalb etiş maqsadida bu yerdagi mehmonxona, restoran, savdo majmualari soliq tölaşdan ozod etilgani tufayli hududda narx-navo arzon bölişi aytilmoqda. Biroq mazkur imkoniyat hozirça mazkur zonalarga kema orqali taşrif buyuruvçi sayyohlarda mavjud.
Egey va Örta Yer dengizlari sohillaridagi Çeşme, Bodrum, Didima, Marmaris va Antaliya hududlarida maxsus sayyohlik zonalarini taşkil etiş belgilangan. Ularning har biri uçun alohida takliflar işlab çiqilmoqda. Qaysidir biri savdo-sotiq uçun qulay bölsa, qay biridir faol dam olişga möljallanadi.
Moliya vazirining ta'kidlaşiça, uşbu hududlarga Turkiya fuqarolari faqatgina xorijga çiqiş pasporti bilan kirişi mumkin.
Ta'kidlaş joizki, ayni paytda Turkiya sayyohlik bozori sönggi 10 yildagi eng oğir kunlarni boşdan keçirmoqda. Şu munosabat bilan hukumat vaziyatni barqarorlaştiriş maqsadida faol iş olib bormoqda. Jumladan, içki sayyohlikni qöllab-quvvatlaş maqsadida 2015 avgust oyida sayyohlik sohasi vakillarining iltimosiga köra Turkiya xalq ta'limi vaziri maktab ta'tilini 28 sentabrga qadar uzaytirgan edi.
Ayni paytda yangi loyihada javoblardan köra jiddiy savollar köproq. Gap şundaki, dunyoda bu kabi hududlarning öxşaşi – namunasi mavjud emas. Mamlakatga pasport nazoratisiz köplab kişilarning kirib keliş xavfi ham yöq emas. Bu esa xavfsizlik masalasini söroq ostida qoldirişi aniq. Biroq moliya vazirligining rejasi jiddiy ekani aytilmoqda.






