Içida suriyalik muhojirlar bölgan ikkita qayiq Turkiyaning Bodrum şahri yaqinida, Egey dengizi suvlariga çökib ketdi va kamida 11 kişi halok böldi. Bu haqda DHA agentligi xabar bergan.

Ma'lum qilinişiça, qayiqdagi kişilar Gretsiyaning Kos oroliga noqonuniy ravişda yetib olmoqçi bölişgan edi. Qurbon bölganlarning 3 nafari bolalar ekani aytilgan. Turkiyalik qutqaruvçilar 4 nafar kişining hayotini saqlab qolişgan.

Agentlik ma'lumotlariga köra, şu yilning yozida minglab qoçqinlar Turkiyadan Gretsiyadagi orollarga ötişgan. Har kuni Gretsiya hududiga örtaça 2 ming nafar noqonuniy muhojir kirib kelmoqda.

Ma'lumot uçun, 2015 yilning boşidan buyon Yevropa Ittifoqi hududiga kirib kelgan muhojirlar soni 340 ming nafardan oşib ketdi. Yevropaga bu miqdordagi noqonuniylar oqimi oxirgi marta Ikkinçi jahon uruşi davrida kuzatilgandi. 31 avgust kuni Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlarining taşqi vazirliklari vaziyatni muhokama qiliş böyiça yiğiliş ötkaziş taklifi bilan çiqişdi.