12 avgust kuni Xitoyning Tyantszin şahridagi xavfli kimyoviy moddalar omborxonasida röy bergan portlaş qurbonlari soni 160 nafarga yetdi, yana 13 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda qutqaruv operatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
Taqdim etilgan ma'lumotga köra, barça jasad egalarining şaxsi aniqlangan. Mahalliy hukumatning xabar berişiça, halok bölganlarning 96 nafari öt öçiruvçilar, 11 nafari esa politsiyaçilardir. Yana 8 nafar öt öçiruvçi, bir politsiyaçi hamda 5 nafar boşqa şaxslar bedarak yöqolganlar röyxatida.
Fojia natijasida 800 nafar atrofidagi kişi jarohat olgan, ularning 302 nafari hamon şifoxonalarda qolmoqda. Şundan 14 kişining ahvoli oğirligi aytilgan. 496 kişi esa davo çoralarini olganidan söng tibbiyot muassasalaridan çiqarilgan.
Portlaş 2015 yil 12 avgust kuni “Juyxay” logistika kompaniyasi omborxonasida röy bergan edi. Tölqin zarbidan 2 km radiusdagi binolarning oynalari sinib, 10 mingga yaqin avtomobil yonib ketgan.
Kuçi 3 tonna trotil ekvivalentiga baholangan portlaşdan keyin voqea joyida kuçli yonğin çiqqan. Şundan keyin omborxonada yana bir neçta portlaşlar yuz bergan, ulardan eng kuçlisining quvvati 21 tonna trotil portlaşiga teng bölgan.






