Joriy yilning 28-30 avgust kunlari Qozoğistonning Almati şahrida joylaşgan «Nurtau» golf klubida havaskor sportçilar örtasidagi Qozoğiston oçiq çempionati bölib ötdi. Mazkur musobaqada Özbekiston terma jamoasi golf ustalari ham iştirok etişdi, deb yozadi review.uz naşri.

Manbaning Özbekiston golf federatsiyasi bergan ma'lumotlarga tayanib yozişiça, ayollar va erkaklar örtasida taşkil etilgan mazkur turnir yakunida özbekistonlik Roman Ten umumiy hisobda uçinçi örinni egallagan. Yana Tyagay «Best gros» kategoriyasi böyiça ikkinçi örinni qölga kiritgan bölsa, Yevgeniy Li va Kanat Kurbanaliyev ham kuçli önlikdan joy olişgan.

Mazkur turnirda Qozoğiston va Özbekistondan taşqari Qirğiziston, Koreya, Yaponiya va AQŞ vakillaridan iborat 100 nafarga yaqin havaskorlar iştirok etişdi.

Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joiz, Özbekiston golf federatsiyasi joriy yilning boşida Golf Assotsiatsiyasi qoşida taşkil qilingandi.

Özbekistonda mazkur sport turini rivojlantiriş maqsadida 1 iyundan boşlab 7-14 yoşli bolalar uçun bepul öquv kurslari taşkil qilina boşlangan. Ötkazilgan sinov natijalariga köra, 50 nafar bola orasidan 14 nafar eng yaxşilari tanlab olinib ularga mazkur sport turi böyiça saboq beriş davom ettirilmoqda. Ular sportni örganişi bilan birgalikda 100 ming miqdorida stipendiya ham olişadi.