Oliy sud raisi örinbosari Qöçqor Toğayev boşçiligidagi Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning 3-6 sentabr kunlari Bişkek şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar Oliy sudlari raislarining 10-Kengaşida iştirok etadi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Qirğiziston, Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va Özbekiston sud organlari rahbarlari sudyalar kvalifikatsiyasini oşiriş sohasida tajriba almaşişadi, odam savdosi bilan boğliq jinoyat işlari böyiça hamda şa'n, qadr-qimmat va işçanlik obrösini himoya qilişga oid nizolarni hal etiş böyiça sudlar amaliyotini, şuningdek, ŞHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişning boşqa masalalarini muhokama qilişadi.

Kengaş yakunlariga köra Qöşma bayonotni qabul qiliş rejalaştirilmoqda.