Roskomnadzor taşkiloti şaxsiy ma'lumotlarni saqlaş töğrisidagi qonunning amal qilinişi böyiça Google va Facebook singari Rossiyada ofisi bölmagan xalqaro taşkilotlarni tekşira olmaydi. Bu haqda idora vakili Vadim Ampelonskiyga tayangan holda “Vedomosti” gazetasi yozmoqda.

“Facebook’ning Rossiyada ofisi yöq, Google ofisi esa faqat marketing funksiyasini amalga oşiradi. Ya'ni biz Rossiyada yuridik jihatdan mavjud bölmagan kompaniyalarda şunçaki oddiy tekşiruv ötkaza olmaymiz”, - tuşuntirdi Ampelonskiy.
Ampelonskiy, şuningdek, Roskomnadzor yirik xorijiy internet kompaniyalarni 2016 yildan ertaroq tekşiruvdan ötkazişni rejalaştirmayotganini aytib ötdi.