XXR raisi Si Tszinpin dunyoning barça davlatlarini Ikkinçi Jahon uruşi yakunlaridan saboq çiqarişga hamda munosabatlarni özaro hurmat asosiga qurişga çaqirdi.

“Bugungi dunyo ham tinç emas. Uruş tahdidi hozirgaça insoniyat boşi uzra qiliç misol turibdi. Şu bois tarix saboqlaridan töğri xulosalar çiqarib, butun dunyoda tinçlikni himoya qilişimiz kerak”, - dedi u Pekinda Ikkinçi Jahon uruşi yakunining 70 yilligiga bağişlab ötkazilgan parad çoğida.

Xitoy yetakçisi faqat özaro hurmat, tenglikkina tinç-totuv hayotni va barça davlatlarning gullab-yaşnaşini ta'minlab berişini ta'kidlab ötdi.