XXR Xalq banki va huquqni muhofaza qiliş organlari xitoyliklarga boşqa mamlakatlarga pul jönatişda yordam berayotgan noqonuniy kompaniyalarga qarşi kuraşni kuçaytirdi. Bu Xitoydan kapital çiqib ketişining oldini olişga qaratilgan çoralardan biridir, deya xabar berdi The Wall Street Journal.

Şuningdek, 15 oktabrda valyuta bozoridagi treyderlar uçun zaxiralarga bölgan talablar oşiriladi. Natijada kuçsizlangan yuan stavkalari nisbatan barqarorlaşi kutilmoqda.

Mamlakatdagi yirik kredit muassasalaridan biri – Bank of China va China Citic Bank ham yuridik şaxslar uçun valyuta operatsiyalari bahosni oşirişni rejalaştirayotgani ma'lum qilindi. Naşrning qayd etişiça, kompaniyalarga bir neça holatdagina yuanni xorij valyutalariga almaştirib imkoniyati berilişi mumkin. Masalan, import uçun tölovlarni amalga oşiriş yoki XXR hududidan taşqaridagi investitsiyalarga pul ötkazişda.

Bu kabi çoralarni qöllaş orqali Xitoy hukumati yuan kursining pastlaşuvini sekinlatib, mamlakatdan kapitalning çiqib ketişiga tösiqlar örnatişni maqsad qilib olgan.