Pekinda 3 sentabrda bölib ötadigan harbiy paradda qolgan qurol-aslahalar qatorida “avianosetslar qotili” deb nom berilgan “Dunfen-21D” raketasi namoyiş qilinadi. Bu haqda xitoylik mutaxassislarning fikriga iqtibos keltirgan holda Financial Times naşri xabar bermoqda. 

Raketa tovuş tezligidan 10 marta tezroq uçişi mumkin va uni tutib qolişning iloji yöq.
Avvalroq xitoylik harbiylarning ma'lumotlariga köra, Ikkinçi jahon uruşi yakunlanganining 70 yilligiga bağişlangan uşbu paradda namoyiş qilinadigan qurol-aslahaning 84 foizi birinçi marta namoyiş qilinadi. Bu mutlaq yangi qurol yoki avval sir tutilgan qurol-aslaha böladi.

Ikkinçi artilleriya qömondonligi kolleji polkovnigi Şao Yunlin “Xuantsyu Şibao” gazetasiga bergan intervyusida paradning repetitsiyasida birinçi marta “Dunfen-21D” raketasi namoyiş qilinganini aytdi.

FT ma'lumotlariga köra, paradda şuningdek tovuşdan tezroq harakatlanuvçi kemalarga qarşi, ta'sir doirasi 250 kmni taşkil etuvçi YJ-12 qanotli raketasi ham namoyiş qilinadi. Bu raketa sobiq ittifoqning Tu-16 samolyoti negizida qurilgan H-6K strategik bombardimonçi samolyotidan uçiriladi.

Xitoy hukumati paradda aynan qanday qurol-aslahalar namoyiş qilinişini rasman tasdiqlamadi. Xitoy Mudofaa vazirligi FT’ning “Dunfen-21D” raketasining namoyiş qilinişi ehtimoliga izoh beriş haqidagi yozma murojaatiga javob berişdan boş tortdi.

”Dunfen-21D” raketasi haqidagi yagona rasmiy xabar Xitoy Mudofaa vazirligining 2011 yilda bu raketa işlab çiqiş bosqiçida ekanligi haqidagi xabari bölgan. Xorijiy harbiy ekspertlarning fikriça, raketaning ta'sir qiliş doirasi 900-1500 kmni taşkil qiladi.
“Dunfen-21D” AQŞning harbiy-dengiz strategiyasi tayanadigan aviataşuvçi guruhlar tizimidan ötib keta oluvçi dunyodagi yagona kemaga qarşi ballistik raketa hisoblanadi. Raketa qit'alararo ballistik raketa kabi, avval orbitada uçiriladi, söngra qayta atmosferaga kiradi. Biroq raketa nişonga yaqinlaşganda manyovrlar bajara oladi va bu uning harakatdagi kemani nişonga uriş imkonini beradi.

Şunday 1200 ta raketa narxi bitta avianosetsning narxiga teng bölib, AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining dunyo okeanidagi hukmronligini xavf ostiga qöymoqda.