Joriy yilning 24-26 sentabr kunlari Yoşlar ijod saroyida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qiliş vazirligi, “Kamolot” YoIH Markaziy Kengaşi, “EXPOCONTACT” MÇJ tomonidan “Ta'lim va Karera” 13-Xalqaro Körgazmasi ötkaziladi.
Körgazmani taşkil etişdan asosiy maqsad – yoşlarni mamlakatimiz hamda xorijdagi yetakçi oliy ta'lim muassasalarida mavjud mutaxassisliklar bilan yaqindan taniştiriş, yurtimizda ta'lim sohasida erişilgan yutuqlarni yoşlar örtasida keng tarğib qiliş, yoşlarni ta'limning keyingi bosqiçlari bilan taniştiriş, yoşlarga mavjud böş iş örinlari töğrisida ma'lumotlar beriş va ularning bandligini ta'minlaş hamda öquv yurtlarini jihozlaş uçun işlab çiqarilgan, texnik vositalar, öquv-metodologik adabiyotlar, ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta'minlaşning eng oxirgi yutuqlari bilan taniştirişdan iborat.






