BMT Pan Gi Munning Pekindagi paradga borişiga nisbatan Yaponiya bildirgan noroziligiga javob berdi va bu qaror “tabiiy” ekanligi aytildi, deb xabar bermoqda “TASS” axborot agentligi.
“Ikkinçi jahon uruşi zamonaviy dunyo tarixida muhim buriliş voqeasi bölgani va BMTning yaratilişiga olib kelgani haqida yana bir bor eslatiş şart emas. Şuning uçun Boş kotibning bu tadbirlarda iştirok etişi tabiiy holdir”, deb aytdi Pan Gi Munning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.
Dyujarrikning aytişiça, bu tadbirlarda iştirok etiş bunday tadbirlar ötmiş va kelajakka boqişga imkon beradi, deb hisoblaydigan boş kotib uçun juda şarafli bölgan.






