Eron taşqi işlar vaziri örinbosari Husayn Amir Abdullohiyonning aytişiça, Eron Suriyaga mamlakatdagi inqirozni hal qilişning öz rejasini yubordi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
Abdullohiyonning ta'kidlaşiça, Suriya prezidenti Başar Asad “bu taklifni ijobiy qarşiladi va uni Eron tomonidan bildirilgan konstruktiv siyosiy taşabbus deb baholadi”. Tomonlar taşqi işlar vazirlari darajasida aloqalarni saqlab qolgan holda dastlabki ğoyalarni rivojlantiriş böyiça kelişuvga keldilar.
Abdullohiyon ayni paytda Eron tomonidan bildirilgan taklifning detallarini oşkor eta olmasligini aytdi, biroq bu inqirozni Asadning bevosita iştirokisiz hal qilişning imkoni yöqligini ta'kidlab ötdi.






