Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 2—3 sentabr kunlari taşrif bilan Pekin şahrida böldi.

«Özbekiston rahbari 3 sentabr kuni Pekin şahrida Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan Ğalabaning 70 yilligiga bağişlab ötkazilgan tantanali marosimlarda iştirok etdi.

Xitoy xalqi öşa yillardagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyinçiliklarga qaramay istiloçilarga qarşi mardonavor kuraşib, Ikkinçi jahon uruşining hur fikrli insoniyat foydasiga yakunlanişiga ulkan hissa qöşgan.

Pekin şahridagi Tyananmen maydonida uşbu ğalabaning 70 yilligiga bağişlab ötkazilgan harbiy parad umumbaşariy ahamiyat kasb etdi. Unda öttizga yaqin mamlakatdan davlat va hukumat rahbarlari, BMT, ŞHT kabi xalqaro tuzilmalar rahbarlari qatnaşdi.

Harbiy parad ötkazişdan közlangan asosiy maqsad xalqlar ozodligi yölida jon fido qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltiriş, dunyoda tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaşda hamkorlikni kuçaytiriş, yoş avlod qalbida tinçlikni qadrlaş tuyğularini şakllantirişdir.

Davlatimiz rahbarining Pekinda ötkazilgan tantanali marosimlarda iştirok etişi mamlakatimizning dunyoda tinçlik-osoyiştalikni mustahkamlaşga intilişi, şu bilan birga, Özbekiston va Xitoy xalqlari örtasidagi döstlik va hamkorlikning yorqin ifodasi böldi.

Taşrif asnosida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan uçraşdi.
Pekinda ötgan oliy darajadagi muloqot çoğida tomonlar özaro hamkorlikning bugungi holati, uni yanada rivojlantiriş istiqbollarini atrofliça muhokama qildilar, özlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşdilar.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasiga taşrifi doirasida 3 sentabr kuni XXR Davlat kengaşi Boş vaziri Li Ketsyan bilan uçraşdi.

Suhbat çoğida Prezident Islom Karimovning uşbu taşrifi mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özaro strategik şeriklik munosabatlarini izçil mustahkamlaşga xizmat qilişi qayd etildi.

Tomonlar oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşdilar.

Şu bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Xitoy Xalq Respublikasiga taşrifi nihoyasiga yetdi. Davlatimiz rahbarining Ikkinçi jahon uruşi qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirgani xayrli qadam, Xitoy rahbariyati bilan samarali muzokaralari xalqlarimiz manfaatlari yölidagi muhim amaliy tadbir böldi», — deyiladi ÖzA xabarida.