Misrlik milliarder Nagib Saviris özining tvitterida Yevropa Ittifoqiga kelayotgan muhojirlarni joylaştiriş va ularga yaşaş uçun şaroitlarni yaratiş maqsadida Gretsiya yoki Italiyadan orol sotib oliş niyatidaligini bildirib ötdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
“Gretsiya va Italiya orol sotsin, men bu orolning mustaqilligini e'lon qilib, u yerda muhojirlarni qabul qilaman va ularni özlarining yangi davlatlarini yaratişlari uçun iş bilan ta'minlayman”, deb aytmoqda milliarder.
Qayd etilişiça, Saviris unga 10 mln dollardan 100 mln dollargaça aylanadigan bitimga tayyor. Şu bilan birga milliarder katta miqdordagi odamlar yaşaşi uçun barça zarur infratuzilmani yaratiş öta murakkab vazifa ekanligini ta'kidlab ötdi.






