3 sentabr kuni Osiyoda 2018 yilgi jahon çempionati va 2019 yilgi Osiyo kubogi uçun saralaş öyinlarida ikkinçi bosqiçning 3 tur öyinlari ötkazildi.
Biroz oldinroq, “N” guruhidan örin olgan Özbekiston terma jamoasi guruhdagi ikkinçi öyinini Yamanga qarşi ötkazgan va 1:0 hisobida ğalaba qozongandi.
Guruhdagi ikkinçi uçraşuv Bahrayn va KXDR örtasida ötkazildi va bu öyin şimollik koreyslarning kiçik hisobdagi ğalabasi (1:0) bilan yakunlandi. Navbatdagi 3 oçkodan keyin KXDR 3 öyinda 9 oçko jamğargan holda guruhda yaqqol peşqadamga aylandi. Ikkinçi örinda esa 2 öyindan 6 oçko töplagan Filippin joylaşgan. Yamanni mağlub etiş orqali ilk oçkolarini qölga kiritgan Özbekiston uçinçi örinda turibdi. Guruh autsayderlari Bahrayn va Yamanda esa bironta oçko yöq.
Özbekiston – Yaman 1:0
Gol: Aleksandr Geynrix (51)
Çetlatiş: Mudir Al Radei (87)
Bahrayn – KXDR 0:1
Gol: Çjon Il Kvan (44)

Bugun Osiyodagi barça 8 guruhda öyinlar davom ettirildi. N guruhidagidan farqli ravişda boşqa guruhlar iştirokidagi öyinlar gollarga boy böldi.
S guruhi
Xususan, S guruhidagi Qatar va Butan jamoalari iştirokidagi öyin mezbonlarning 15:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Guruhning ikkinçi uçraşuvi esa Xitoy va Gongkong örtasida keçib, bu öyinda hisob oçilmay qoldi. Ayni paytda bu guruhda kutilmaganda Gongkong 7 oçko bilan yetakçilik qilmoqda. Qatarda 6, Xitoyda 4, Maldiv va Butanda 0 oçko.
Qatar – Butan 15:0
Gollar: Musa (8, 27), Kasola (18), Assadalla (20, 45, 63), Xasan Xolid (26, 87), Muntari (38, 41, 48), Afif (56), Xuxi (61, 69), Muhammad (75)
Xitoy – Gongkong 0:0
A guruhi
Turning ikkinçi yirik hisobi A guruhi vakillari BAA hamda Malayziya terma jamoalari tomonidan qayd etildi. Bu öyinda arablar Şarqiy Osiyo vakillari darvozasiga javobsiz 10ta gol yöllaşdi. Guruhdagi ikkinçi uçraşuvda Saudiya Arabistoni Şarqiy Timorni qabul qildi va 7:0 hisobida ğalaba qozondi. Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni va BAA 6 oçkodan jamğarib, qöşpeşqadamlik hosil qilişgan. Falastinda 3 oçko, Şarqiy Timor va Malayziyada esa özaro öyinda olingan bittadan oçko bor.

BAA – Malayziya 10:0
Gollar: Gollar: Salem (16), Ali Mabhut (22, 33, 75), Ahmad Xalil (24, 29, 71, 78), Fardan (25), Ahmad (37)
Saudiya Arabistoni - Şarqiy Timor 7:0
Gollar: Al-Şahri (3), Al-Salaui (23, 26, 71), Al-Faraj (30), Al-Jassim (33), Al-Muvallad (73)
V guruhi
Qöşni Qirğiziston va Tojikiston terma jamoalari iştirok etayotgan V guruhida vaziyat ança çigallaşgan. Bugun Avstraliya Bangladeşni 5:0 hisobida yengib, oçkolari sonini 6taga yetkazdi va guruh peşqadamligini qöliga oldi. Iordaniya va Qirğiziston örtasidagi uçraşuv golsiz durang bilan yakunlandi. Endi bu jamoalar 4 oçkodan töplagan holda 2 va 3 örinlarni bölişib turişibdi. Bangladeş va Tojikistonda bittadan oçko. Lekin Tojikistonning zaxira öyini ham mavjud.

Avstraliya – Bangladeş 5:0
Gollar: Mettyu Leke (6), Tomas Rogiç (8), Topu Barman (avtogol, 20), Natan Byorns (29), Aaron Muy (61)
Iordaniya – Qirğiziston 0:0
D guruhi
D guruhida "Guam ertagi" yakunlandi. Dastlabki turlarda ketma-ket ğalabalar orqali guruhda karvonboşilikni qöliga olgan guamliklar uçinçi turda Eronga kelib, 0:6 hisobidagi yirik mağlubiyatga uçraşdi. Ummon esa Turkmanistonni 3:1 hisobida taslim etdi. Bu guruhda hozirda 3 terma jamoa 6tadan oçko yiqqan. Lekin töplar nisbatiga köra Eron, Ummon va Guam oldinma-ketin joylaşgan. Turkmanistonliklarda birgina oçko, hindistonliklarda esa oçko yöq.

Eron – Guam 6:0
Gollar: Dejaga (10), Tarami (31, 65), Azmun (34, 41), Torobi (89)
Ummon - Turkmaniston 3:1
Gollar: Al-Muhayniy (7), Saparov (avtogol, 10), Al-Husniy (59) - Amanov (83)
Ye guruhi
Ye guruhidan joy olgan Yaponiya özining 3 turdagi uçraşuvini Kambojaga qarşi ötkazib, xotirjamlik bilan 3:0 hisobida ğalaba qozondi. Suriya esa Singapurni kamtarona 1:0 hisobida yengdi. Natijada, suriyaliklar 6 oçko bilan guruh yetakçisiga aylanişgan. 2 va 3 örinlardagi Yaponiya va Singapur hisobida 4tadan oçko mavjud. Bu turda dam olgan Afğonistonda 3 oçko bor, Kambojada esa 3 öyindan keyin ham oçko mavjud emas.

Yaponiya - Kamboja 3:0
Gollar: Xonda (29), Yosida (50), Kagava (61)
Suriya - Singapur 1:0
Gol: Abd Al Jafal (60)
F guruhi
F guruhida ham 3 tur ötkazildi. Bu guruh vakili bölgan Indoneziya turnirdan çetlaştirilgani uçun, guruhda bu turda bitta öyin bölib ötdi va unda Iroq Xitoy Taypeyini 5:1 hisobida mağlub etdi. Guruh peşqadami Tailand esa bu turda dam oldi. Ayni vaqtda Tailand 6 oçko bilan birinçi, Iroq 3 oçko bilan ikkinçi.

Iroq - Tayvan 5:1
Gollar: Adnan (37), Xusniy (59), Ğani (80), Mahmud (88), Meram (90) - Zin Xao
G guruhi
G guruhida ham yirik hisoblar qayd etildi. Avvaliga Janubiy Koreya Laosni 8:0 hisobida mağlub etgan bölsa, Kuvayt öz maydonida Myanma ustidan 5:0 hisobida ustun keldi. Endilikda guruhda 6 oçko töplagan koreyslar töplar nisbatiga köra birinçi bölib turişibdi. Ikkinçi örindagi Kuvaytda ham 6 oçko. 3 oçkosi bor Livan esa bu turda dam olgan. Guruh autsayderlari Laos va Myanmada oçko yöq.

Janubiy Koreya – Laos 8:0
Gollar: Li Çun Yun (10), Son Xin Myun (12, 74, 90), Kvon Çxan Xun (30, 75), Xen Çjun Suk (58), Jay Sung Li (90+1)
Kuvayt - Myanma 9:0
Gollar: Nosir (10, 18), Maksud (12), Zaid (46), Min Tun (avtogol, 57), Al-Maşan (61), Al-Mutva (69, 89, 90)
Keyingi tur öyinlari 8 sentabr kuni bölib ötadi.






