Özbekiston maxsus xizmatlari şov-şuvlarga sabab bölgan Özbekiston davlat san'at muzeyidan suratlarning öğirlab ketilişi bilan boğliq jinoiy iş haqida yangi tafsilotlarni ma'lum qilişdi.
Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati ma'lumotlariga köra, Özbekiston davlat san'at muzeyning sobiq rahbari Mirfayzi Usmonov muzeyning boşqa xodimlari bilan til biriktirgan holda asl nusxalarni soxtalari bilan almaştiriş orqali davlatga 47,5 mlrd sömlik zarar keltirgan. 68 mingga yaqin suratlarni inventar tekşiriş natijasida 178ta kartina soxtalaştirilgani, 2tasining yöqolgani aniqlandi.
Jumladan, jinoiy guruh muzey fondidagi 7ta suratni Rossiya fuqarosi Tair Tairovga 5,1 ming AQŞ dollariga pullagani ma'lum böldi.
Rossiya Federatsiyasida körilgan çora-tadbirlar natijasida A.Nikolayevning “Meva kötargan qiz”, N.Karaxanning “Hovuzdagi qiz”, O.Tatevosyanning “Baliq ovida”, “Çoyxona”, “Urgut yölida”, M.Zommerning “Toğ daryosi böylab ötgan köprik” va “Kabobxona” kartinalari muzeyga qaytarildi.
Mazkur jinoiy iş yuzasidan muzeyning 13 xodimi tegişli jazoga tortildi.






