Suriyalik qoçqinlar Yevropaga borişning yangi yönalişini topişdi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri yozmoqda.
Köplab suriyalik qoçqinlar bugungi kunda Yevropaga yetib oliş uçun Rossiyaning şimoliga yöl olmoqda. Muhojirlardan birining naşr muxbiriga aytişiça, Murmansk viloyatidan Norvegiyaga bor-yöği 3 soatda yetib oliş mumkin.

Gazeta suhbatdoşi, Suriyaning Hama şahridan qoçgan öqituvçi Bayrutdan Moskvaga samolyotda yetib oliş uçun 1 600 dollar tölagan. U, şuningdek, Rossiya vizasi uçun 250 dollar tölagan, sayohatning qolgan qismiga esa 550 dollar sarflagan. U bor mulkini ryukzak içiga solib, sovuq havoda velosipedda manziliga yetib borgan.
Bu hududda Rossiya va Norvegiya örtasidagi yagona nazorat punkti Sturskugdir. U orqali joriy yilda Norvegiyaga 150 muhojir ötdi.
Norvegiya YeI a'zosi bölmasa ham, vizasiz zonaga kiradi, şu bois u orqali Yevropaning istalgan davlatiga boriş mumkin.

Qoçqinlarning ta'kidlaşiça, Rossiya va Norvegiya çegarasi Gretsiya va Italiya qirğoğiday qattiq qöriqlanmaydi, şu bois kelajakda yanada köproq muhojirlar şu yöl orqali Yevropaga ötişi mumkin.