The Times naşri jurnalistlarining aytişiça, ular Suriya armiyasi janglari haqidagi uç daqiqalik reportajda rus nutqini aniqlaşgan.
Reportajda, şuningdek, Rossiya armiyasiga 2013 yilda qurollanişga olingan BTR-82A bronetransportyorini köriş mumkin. Bu bronetransportyor avval Suriyaga yetkazib berilmagan. Kadr ortida rusçada berilayotgan: «Davay, bystreye!» (“Tezroq böl”), «Xodu!» (“Yura qol”), «Yeşçe raz! Povtori!» (Yana bir marta! Takrorla!) va «Pavlin, Pavlin, my vydvigayemsya» (“Pavlin, biz oldinga surilmoqdamiz”) degan buyruqlarni eşitiş mumkin.
Isyonçi guruh faoli naşrga rossiyalik jangçilar ançadan beri jang hududlarida harakat qilayotganlari va oxirgi paytlarda rus kontingenti kuçayganini ta'kidlab ötdi.
Şuningdek ma'lum qilinişiça, Suriyada rossiyalik harbiylarning mavjudligi haqida ma'lumot borligiga qaramasdan, ularning jang harakatlarida iştirok etayotganlari kuzatilmagan edi.






