Italiyaning UniCredit banki 10 minggaça xodimini qisqartirmoqçi. Bu umumiy xodimlarning 6,8 foizini taşkil qiladi. Xodimlarning qisqartirilişi sarf-xarajatlarni kamaytiriş dasturi doirasida amalga oşiriladi, deb xabar bermoqda özining manbalariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi.
2018 yilgaça bank guruhi 2,7 ming iş örnini qisqartirişni rejalaştirmoqda. Manbalar ma'lumotlariga köra, bankning Italiya, Germaniya va Avstriyadagi xodimlari köproq miqdorda öz lavozimidan böşatiladi. Qisqartirişlarning bir qismini xodimlarning pensiyaga muddatidan avval çiqişi dasturi doirasida amalga oşiriş rejalaştirilgan.
3 martdagi Milandagi savdolar paytida UniCredit aksiyalari narxi 4 foizga qimmatladi. Hozirda bankning kapitallaşuvi 35,2 mlrd yevro darajasida baholanmoqda.






