Bentley kompaniyasi YouTube’dagi kanalida Bentayga yöltanlamasi prototipining sinov sayri qayd qilingan videolavha joylaştirdi. Poligonda ötgan sinov çoğida maşina 301 km/soat tezlikka çiqarildi.

Kompaniya rasmiylarining ta'kidlaşiça, ularning işlanmasi dunyodagi eng tez yöltanlamasga aylanadi. Bentayga’ning top versiyasi Volkswagen kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan l li benzinli W12 6 tvin-turbo agregati bilan jihozlanadi. Motorning may oyida bölib ötgan taqdimoti çoğida uning quvvati 608 ot kuçiga teng bölişi aytilgan edi.

Yöltanlamasning eng tezkor modifikatsiyasi old bamperlari, yon dizayni va orqa spoylerlari bilan farqlanib turadi.