Yevro-2016 saralaş bosqiçi D guruhi 7-turida Gruziya terma jamoasi öz uyida Şotlandiyani 1:0 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv Tbilisidagi “Dinamo-Arena — Boris Payçadze” stadionida bölib ötdi. Uçraşuvdagi yagona töpni 37-daqiqada Valeriy Kazaişvili kiritdi.

Yevro-2016. D guruhi. 7-tur
Gruziya – Şotlandiya – 1:0
Gollar: Kazaişvili, 37 (1:0).
Ogohlantirişlar: Kaşiya, 10; Jano, 44; Navalovskiy, 78 (Gruziya).
Şu guruhdan örin olgan yana bir uçraşuvda Germaniya Polşa bilan uçraşdi. Uçraşuv Frankfurtda bölib ötdi va 3:1 hisobida nemislar hisobiga hal böldi.
Germaniya terma jamoasida töplarni Tomas Myuller va Mario Gyottse (dubl) kiritdilar. Javob töpini öz hisobiga Robert Levandovski yozib qöydi. Şu ğalaba evaziga Germaniya 16 oçko töplagan holda D guruhi peşqadamiga aylandi. Polşa 14 oçko bilan 2-örinni egallamoqda.

Germaniya – Polşa – 3:1
Gollar: Myuller, 12 (1:0); Gyottse, 19 (2:0); Levandovski, 36 (2:1); Gyottse, 82 (3:1).
Ogohlantirişlar: Kroos, 61; Şvaynştayger, 79 – Rybus, 8; Grositski, 66.
Guruhdan örin olgan yana bir uçraşuvda Irlandiya mehmonda Gibraltarni 0:4 hisobida mağlub etdi. Gollarni Sayrus Kristi, Robbi Kin (dubl) va Şeyn Long kiritdilar. Irlandlar 12 oçko jamğargan holda guruhda 3-örinni egallamoqdalar. Gibraltar esa birorta ham oçko qölga kiritmagan holda oxirgi örinni egallamoqda.

Gibraltar – Irlandiya – 0:4
Gollar: Kristi, 27 (0:1); Kin, 50 (0:2); Kin, 52 (0:3, pen); Long, 79 (0:4).
Ogohlantirişlar: Kaşaro, 9; Barnett, 48 – Uolters, 42.
D guruhidagi vaziyat: 1. Germaniya — 16 oçko (7 ta öyin); 2. Polşa — 14 (7); 3. Irlandiya — 12 (7); 4. Şotlandiya — 11 (8); 5. Gruziya — 9 (8); 6. Gibraltar — 0 (7).






