Jizzaxlik 105 yoşli Xayri ona Şokirova Özbekiston rahbarining 26 avgustdagi farmoni bilan 14 kişi qatorida “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Jizzax hokimligining rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.

“Istiqlolning 24 yillik töyi munosabati bilan prezidentimiz farmoniga köra bir guruh 100 yoşdan oşgan yurtdoşlarimiz vatanimizning yuksak mukofoti — "Şuhrat” medali bilan mukofotlandilar. Ular orasida Jizzax tumanidagi Qulama qişloq fuqarolar yiğini hududida yaşovçi 105 yoşli Xayri ona Şokirova ham borligi quvonarli”, - deyiladi xabarnomada.
Viloyat hokimi, Senat a'zosi Sayfiddin Ismailov va bir guruh viloyat faollari onaxonni istiqlolning 24 yillik töyi bilan muborakbod etiş hamda “Şuhrat” medalini topşiriş uçun Xayri Şokirova xonadoniga taşrif buyurdilar.

“Sizga prezidentimizning alangali salomi hamda vatanimizning yuksak mukofotini keldtirdik”, - deydi viloyat hokimi. - Sizni mehnat frontining haqiqiy fidoyisi sifatida yaxşi bilamiz. Öşa suronli yillarda ğöza çopib paxta, ipak qurti boqib pilla etiştiriişda jonbozlik körsatdingiz. Vatanimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlaş uçun bor kuç-ğayratingizni ayamay mehnat qilganligingizdan xabardormiz. Mana bu mukofot sizning maşaqqatli mehnatlaringiz evaziga berilayapti”.

Şundan söng viloyat hokimi ayolning köksiga "Şuhrat” medalini taqib qöydi.
“Mendek bir keksa onani siylaganlari uçun Yurtboşimizga ming bora rahmat, - deydi Xayri ona. - Iloho yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bölsin. Özbekistonimizga köz tegmasin”.