MTS, “Bilayn” va “Megafon” Moskva metropoliteni, şahar transport departamenti va “Briz Texnologii” MÇJ bilan hamkorlikda Moskva jamoat transportida yöl haqini telefon orqali tölaş xizmatini joriy qildi. Bu haqda transport departamenti xabar qildi.
“Mobil çipta” servisi mobil telefon orqali yöl haqini tölaş imkoniyatini beradi. Buning uçun foydalanuvçi operator ofisiga borib, NFC texnologiyasiga ulangan SIM-karta olişi kerak böladi.
Servisga ulaniş uçun 3210 raqamiga xabar yöllaş kerak. Şunda telefondan 150 rubl olinib, yöl haqini tölaş uçun onlayn hamyonga ötkaziladi.
“Mobil çipta” balansi 90 rublga tuşganda u avtomatik tarzda yana 150 rublga töldiriladi. Hisobni foydalanuvçining özi töldirişni xohlasa, yana öşa raqamga xabar yöllaş kerak böladi.
Foydalanuvçining smartfoni NFC texnologiyasini qöllab-quvvatlamasa, 10 rublga NFC antennalarini xarid qiliş mumkin böladi.
Moskvada yöl haqi metro uçun 50 rublni, yer usti transportida 40 rublni taşkil qiladi.






