Bugungi kunda Özbekistonning turli burçaklarida bölayotgan töylarda yangiça urf-odatlar joriy etilmoqda. Jumladan, yirik şaharlarda kelin-kuyovning sevgi qissasi aks etgan videolavhalar – Love Story namoyiş etiş, yoşlarning vals tuşişi urf bölmoqda.
“Oila davrasida” çop etilgan maqolada bunday urf-odatlarning töylarda kuzatilişi ustida mulohaza yuritildi.
Kelin va kuyovning vals tuşişi haqida fikr yuritarkan, material muallifi “Kuyov bölmiş bir umrlik jufti halolini hammaga reklama qilgandek, köz-köz qilişi şartmidi?” deb savol beradi.
Bundan taşqari, muallifning fikriça, bu an'analar töyda iştirok etayotgan baloğat yoşidagi öğil-qizlarga ham salbiy ta'sir körsatişi mumkin: “Töyga kelganlarning yarmi baloğatga yetgan öğil-qizlar. Bu “şahzoda va malika”mizning örniga hozir neçtasi özini qöyib körişdi ekan? Hamma narsaning ham çek-çegarasi bölişi kerak emasmi?”.






