4 sentabr Toşkentning Çorsu bozori yaqinida tuşlik paytida sodir bölgan “portlaş” Toşkent içki işlar vazirligi boş boşqarmasi bölinmalarining öquv maşğuloti ssenariysining bir qismi bölgan, deb Özbekiston IIV matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda RIA "Novosti" axborot agentligi.

“Soat 13:32da Toşkentdagi masjidlarning birining yonida joylaşgan avtobuslar bekatida şartli terrorçi qölbola portlovçi qurilmani harakatga keltirdi. Şundan keyin “trevoga” buyruği bilan şahar militsiyasi kuçlari va vositalari oyoqqa turğazildi va içki yöriqnomalarda talab qilinganidek portlaş yuz bergan hudud örab olindi”, deb aytilmoqda matbuot xizmatida.

Öquv maşğulotlari ssenariysi böyiça bir vaqtning özida “jinoyatçini” qidiriş böyiça tezkor-qidiruv tadbirlari taşkil etildi va 15 daqiqadan keyin qöşni hududda bu “jinoyatçi” qölga olindi.
“Öquv maşğulotlari ssenariysi maksimal darajada real vaziyatga yaqinlaştirildi. Uning muhim taşkil etuvçisi Toşkentning boşqa tezkor javob beriş xizmatlari – öt öçiruvçilar, FVV, tibbiy yordam xizmatining huşyorligi va tezkorligini tekşiriş böldi”, deb izoh bermoqda Özbekiston IIV vakili. Uning ta'kidlaşiça, maşğulotning birinçi bosqiçida bu xizmatlar maşğulotlar ötkazilişi haqida oldindan xabardor etilmaganlar.