Tojikiston Mudofaa vazirligi mamlakatda 4 sentabrda yuz bergan töqnaşuvlar oqibatida ba'zi OAVlar orqali tarqatilgan 25 harbiy halok bölgani haqidagi ma'lumotlarni inkor etdi. Bu haqda Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi rahbari Faridun Maxmadaliyev aytib ötdi.

Maxmadaliyevning ma'lumotlariga köra, mamlakat mudofaa vazirining sobiq örinbosari Abduhalim Nazarzoda boşçiligidagi qurollangan guruh tomonidan uyuştirilgan terrorçilik hujumi davomida harbiylardan heç kim jabrlanmagan.

“Tojikiston huquq-tartibot tuzilmalari tomonidan ötkazilgan va bugun ham davom etayotgan maxsus operatsiyada harbiylar iştirok etmadi”, deb aytmoqda Maxmadaliyev.

Avvalroq hujumlar oqibatida halok bölganlar soni 44 nafarga yetgani – Tojikiston IIV va Mudofaa vazirligining 33 nafar xodimi hamda 9 terrorçi halok bölgani ma'lum qilingandi.