AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbati çoğida Suriyadagi vaziyat borasida xavotir bildirdi. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti saytidagi xabarda ma'lum qilindi.

Xususan, Kerri Lavrov bilan OAVlarda paydo bölgan “Suriyada Rossiya harbiy aralaşuvining oşirilayotgani” haqidagi xabarlarni muhokama qildi.

Kerri “agar bu xabarlar haqiqatga mos kelsa, unda bunday harakatlar mojaroning yanada çuqurlaşişiga olib kelişini” aytdi.

Bundan avval The Telegraph naşrida Rossiya Suriyada harbiy baza qurib, u yerga bir neça yuz harbiyni yuborişni rejalaştirayotgani aytilgan maqola çop etilgan edi.